Bugun
7
O'zbek

«Barselona» Ferranni «PSJ»ga 55 million yevrogacha bo‘lgan summaga sotadi

Futbol
11 avgust, 22:30
Klublar ispaniyalik hujumchining transferi bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishdi.
«Barselona» Ferranni «PSJ»ga 55 million yevrogacha bo‘lgan summaga sotadi
Foto: Getty Images

Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, «Barselona» va «PSJ» Ferran Torres transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Tomonlar 26 yoshli hujumchining transferi uchun to‘lanadigan bonuslar masalasidagi kelishmovchiliklarni ham bartaraf etdi.

Kelishuvga ko‘ra, kataloniyaliklar futbolchi uchun 50 million yevro kafolatlangan summa oladi. Yana 5 million yevro bonuslar ko‘zda tutilgan. Transfer shu hafta oxirigacha rasman yakunlanishi kutilmoqda.

Avvalroq «PSJ» Ferran uchun 40+10 million yevrolik taklif yuborgan, biroq «Barselona» uni rad etgandi. Shundan so‘ng Parij klubi prezidenti Nosir Al Xilayfiy taklifni 50 million yevrogacha oshirishni ma’qullagan.

Ma’lumot uchun, Ferran Torres o‘tgan mavsum «Barselona» safida barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuvda 21 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 55 million yevro deb baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

20+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar