Bugun
7
O'zbek

«Dinamo» yarimhimoyachisi Xislat Xalilov tizzasidan jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi

Futbol
12 avgust, 06:59
23 yoshli futbolchi to‘liq tiklanib, safga qaytishi uchun 4–5 oy talab etiladi.
«Dinamo» yarimhimoyachisi Xislat Xalilov tizzasidan jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi
Foto: Dinamo FK

«Dinamo» yarimhimoyachisi Xislat Xalilov jarohati sabab tizzasidan jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

23 yoshli futbolchi «Dinamo» — «Neftchi» (0:0) bahsida zaxiradan maydonga tushganidan so‘ng jarohat olib, o‘yinni davom ettira olmagan.

Tibbiy tekshiruvlardan keyin Xalilovning chap tizzasidagi oldingi xochsimon boylami uzilgani aniqlangan va unga jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan.

«Dinamo» klubi tibbiy bo‘limi ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining jarohatdan to‘liq tiklanib, safga qaytishi uchun 4–5 oy talab etiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand
Bugungi yangiliklar