Yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida sportchilarimizning navbatdagi muvaffaqiyati qayd etildi.
-69 kg vazn toifasida dast ko‘tarish bahslari yakunlandi. Quvonarlisi, iqtidorli hamyurtimiz Shahnoza Haydarova barcha urinishlarida — 95, 97 va 99 kg og‘irlikdagi toshlarni muvaffaqiyatli ko‘tarib, barcha raqiblarini ortda qoldirdi.
Shu tariqa Shahnoza Haydarova yoshlar o‘rtasida dast ko‘tarish yo‘nalishida Osiyo chempioni nomini qo‘lga kiritdi.
