"Manchester Siti" darvozabon Xeronimo Rulini o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi.
Qayd etilishicha, 34 yoshli kiper "shaharliklar" bilan 2028 yilning yoziga qadar bitim imzolagan.
Insayder Fabrizio Romanoning xabar berishicha, "Manchester Siti" Rulining transferi uchun "Marsel"ga 3,8 million yevro to'laydi.
O'tgan mavsumda u Fransiya chempionatida 29 ta o'yin o'tkazib, shulardan sakkiztasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Xeronimo faoliyati davomida "Ayaks", "Vilyarreal" va "Real Sosiedad" jamoalarida o'ynagan.