Bugun
7
O'zbek

«Chelsi» Pedru Netu bo‘yicha «Manchester Siti»ga yon bermoqchi emas

Futbol
12 avgust, 00:00
London klubi portugaliyalik vinger uchun talab qilayotgan summasini kamaytirishni rejalashtirmayapti.
«Chelsi» Pedru Netu bo‘yicha «Manchester Siti»ga yon bermoqchi emas
Foto: Getty Images

«Manchester Siti» «Chelsi» vingeri Pedru Netuni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqmoqda. Insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, «shaharliklar» portugaliyalik futbolchi uchun «Chelsi» talab qilayotgan summadan ancha kam taklif yuborishga tayyor.

Biroq London klubi o‘z talablarini pasaytirish niyatida emas. Shu sababli tomonlar o‘rtasidagi muzokaralarning ijobiy yakunlanish ehtimoli hozircha yuqori emas.

Pedru Netu «Manchester Siti»ga o‘tgan taqdirda avval «Chelsi»da birga ishlagan bosh murabbiy Enso Mareska bilan yana hamkorlik qilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 26 yoshli futbolchining «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt uning bozor qiymatini 60 million yevro deb baholamoqda.

Eslatib o'tamiz, Netuga «Arsenal», «Liverpul» va «Tottenhem» klublari ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar