Bugun
7
O'zbek

“Barselona” 2026/27-yilgi mavsum uchun uchinchi libosini koʻrsatdi

Futbol
12 avgust, 05:59
Yangi libos “Barsa” muxlisi boʻlish orzusidan ilhomlangan.
“Barselona” 2026/27-yilgi mavsum uchun uchinchi libosini koʻrsatdi
“Barselona” 2026/27-yilgi mavsum uchun uchinchi libosini koʻrsatdi

“Barselona” 2026/27 yilgi mavsum uchun Nike brendi tomonidan tayyorlangan uchinchi libosini taqdim etdi. Yangi toʻplam feruzarang va moviy tuslarga asoslangan boʻlib, klubda futbolchi boʻlishdan oldin uning muxlisi boʻlgan insonlar haqidagi gʻoyadan ilhomlangan.

Kataloniya klubi yangi libos konsepsiyasini “Barsa”da oʻynash orzusi bilan bogʻlagan. Klub ta'kidlashicha, bugun jamoa safida maydonga tushayotgan futbolchilarning aksariyati bir vaqtlar tribunada turgan oddiy muxlislar boʻlgan.

“Futbolchi boʻlishlaridan oldin ular kules edilar. Tribunalarda, maktab maydonchalarida yoki “blaugrana” oilasining bir qismi boʻlishni orzu qilish mumkin boʻlgan har qanday joyda ular klub ramzini maydonda namoyish etishdan ancha oldin bu ranglarni faxr bilan kiyishgan”, — deyiladi “Barselona” bayonotida.

Kataloniyaliklar shu tariqa uchinchi libos orqali klubning muxlislar bilan bog'liq tarixini namoyish etishni maqsad qilgan. Unda “Barsa” muxlisi boʻlib oʻsgan va keyinchalik jamoa futbolchisiga aylangan insonlardan keyingi avlodga ilhom berish gʻoyasi asosiy oʻrinni egallagan.

Yangi mavsum uchun “Barselona”ning safar libosi ham avvalroq taqdim etilgan edi. Nike va Kobi Bryant brendi bilan hamkorlikda yaratilgan ushbu libos asosan qora rangda boʻlib, pastki qismi asta-sekin binafsha tusga oʻtadi. Oltin rangli detallar katta maqsadlar va sovrinlarga intilishni ifodalaydi.

Safar libosining yana bir oʻziga xos jihati — Kobi Bryantning mashhur iborasi yoqa ichiga yashirin tarzda joylashtirilgani. Unda “Oʻyinni uni topganingdan yaxshiroq holda qoldir”, degan iqtibos keltirilgan.

“Barselona”ning asosiy libosi esa an'anaviy koʻk va toʻq qizil ranglardagi gradient chiziqlar bilan ishlangan. Unda klub uchun maxsus ishlab chiqilgan FC Barcelona Modernista shrift ham qo'llaniladi. Ushbu shrift Kataloniya moderni va Barselona shahrining madaniy merosi bilan klubning vizual qiyofasini bogʻlash maqsadida yaratilgan.

Yangi shrift erkaklar va ayollar birinchi jamoalari liboslarida futbolchilarning familiyasi hamda raqamlari uchun ishlatiladi. U Chempionlar ligasi, Ispaniya Kubogi va Superkubok bahslarida qoʻllanadi, La Liga oʻyinlarida esa chempionatning rasmiy shriftini saqlanib qoladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar