Opta portali Ispaniya chempionatining yangi mavsumi oldidan jamoalarning chempionlik imkoniyatlarini baholadi.
Unga ko'ra, amaldagi chempion «Barselona»ning yana bir bor chempion bo'lish ehtimoli 45,2 foizni tashkil etmoqda. «Real»ning imkoniyati 32,3 foiz, «Atletiko» esa 8,4 foiz ko'rsatkich bilan uchinchi o'rinda bormoqda.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Kataloniya klubi 94 ochko bilan La Ligada chempionlikni qo'lga kiritgan edi. «Real» esa 86 ochko bilan ikkinchi pog'onani egallagandi.
Ma'lumot uchun, La Ligada yangi mavsum 15 avgust kuni start oladi. Ilk turda «Barselona» o'z maydonida «Atletik»ni qabul qiladi, «Real» esa «Real Sosiedad»ga qarshi bahs olib boradi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi