Live
6
O'zbek

NBA yangi mavsumning ochilish o‘yinlari sanasi va unda qaysi klublar ishtirok etishini ma’lum qildi

Boshqa sportlar
11 avgust, 11:29
ESPN portalining mashhur insayderi mavsumining ochilish o‘yinlari 20-oktyabr kuni bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.
NBA yangi mavsumning ochilish o‘yinlari sanasi va unda qaysi klublar ishtirok etishini ma’lum qildi
Foto: Getty Images

ESPN portalining amerikalik mashhur insayderi Shams Charania o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Milliy basketbol assotsiatsiyasining (NBA) kelgusi 2026/2027-yilgi mavsumining ochilish o‘yinlari 20 oktyabr kuni bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.

26/27 NBA mavsumining ochilish o‘yinlari:

«Detroyt Pistons» - «Boston Seltiks»;
«Nyu-York Niks» - «Filadelfiya Siksers»;
«San-Antonio Spurs» - «Oklaxoma Siti Tander».

Eslatib o‘tamiz, 2025/2026-yilgi NBA mavsumi finalida «Nyu-York» va «San-Antonio» jamoalari to‘qnash kelgan edi. Beshta o‘yin yakuniga ko‘ra, Nyu-York klubi seriyada g‘alaba qozondi. «Niks» uchun bu franchayzing tarixidagi uchinchi va so‘nggi 53-yildagi (1973-yildan beri) birinchi sovrin bo‘ldi.

Bugungi yangiliklar