Madridning «Real» klubi «Arsenal» va Ispaniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Martin Subimendi uchun kurashmoqchi emas, deb xabar bermoqda Transfer News Live.
Avvalroq madridilklar «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Rodri transferi masalasida omadsizlikka uchragani tufayli, klub e’tiborini Martin Subimendiga qaratishi haqida mish-mishlar tarqaldi. Biroq Subimendi bilan shartnoma imzolash «Real» rejalariga kirmaydi.
Ta’kidlanishicha, Joze Mourinio aslida yarimhimoyani Rodri bilan kuchaytirishni maqsad qilgan, lekin yuzaga kelgan vaziyatda jamoadagi bor futbolchilarga ishonch bildirishni ma’qul deb hisoblamoqda.
Ma’lumot uchun, Martin Subimendi 2025 yil yozida «Arsenal» safiga borib qo‘shilgan. Inglizlar futbolchi uchun 65 mln yevro to‘lagan. Ispaniya milliy jamoasi vakilining «to‘pchilar» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali Subimendining aktual transfer narxini 75 mln yevroga baholamoqda. AQSH, Kanada va Meksikada o‘tgan mundial finalida Argentinani (1:0) mag‘lubiyatga uchratib, yarimhimoyachi Ispaniya milliy jamoasi safida chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi