«Inter» klubi hujumchisi Lautaro Martines «Barselona» qiziqishiga sabab bo‘lmoqda, deb xabar berdi ElDesmarque.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, kataloniyaliklar ustuvor maqsad sifatida hali ham «Atletiko» vakili Xulian Alvaresni ko‘rmoqda, ammo alternativ variantlarni ishlab chiqishni boshlab yuborgan. Ana shunday futbolchilardan biri Martines hisoblanadi.
Nashrning xabar berishicha, 28 yoshli argentinalik «Barselona» ustozi Hans-Diter Flik va klub sport direktori Deku tomonidan yuqori baholanadi. Ular Alvares transferi amalga oshmagan taqdirda, Martines bo‘yicha muzokaralarni faollashtirishni rejalashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, Martines 2018 yildan buyon «Inter» sharafini himoya qilib keladi. O‘tgan mavsum u 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma yetkazib berdi.