«Barselona» klubining fransiyalik himoyachisi Jyul Kunde yangi mavsumni Londonning «Arsenal» jamoasida boshlashi mumkin. Bu haqda Diario Sport xabar berdi.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «to‘pchilar» 27 yoshli himoyachi transferiga jiddiy qaramoqda. «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Artetaning o‘zi Kundening o‘yinini yuqori baholaydi, ammo klub transfer bo‘yicha oldinga siljishga muvaffaq bo‘lganicha yo‘q.
Ta’kidlanishicha, munosib taklif tushgan taqdirda, «Barselona» himoyachini sotib yuborishga qarshi emas, chunki klubga qo‘shima mablag‘ transfer bozorida yangi imkoniyatlarni ochishi mumkin bo‘ladi. O‘z navbatida Kunde «ko‘k-anorranglilar» safini tark etishni istamayapti.
Ma’lumot uchun, Kunde o‘tgan mavsum 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma yetkzabi berdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi