Bugun
21
O'zbek

Rasman: «Nottinghem Forest» Kot-d’Ivuar milliy jamoasi himoyachisini sotib oldi

Futbol
11 avgust, 09:36
Usmоn Diomande faoliyatini APLda davom ettiradigan bo‘ldi.
Rasman: «Nottinghem Forest» Kot-d’Ivuar milliy jamoasi himoyachisini sotib oldi
Foto: Getty Images

Klub ivuarlik markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolagani haqida matbuot xizmati o‘zining rasmiy sayti orqali xabar berdi.

22 yoshli Diomande 2030-yilning yozigacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekkan. Shuningdek, kelishuv muddatini yana bir yilga uzaytirish bo‘yicha maxsus band ham bor.

Bungacha Diomande Lissabonning «Sporting» klubi sharafini himoya qilayotgan edi. Avvalroq portugaliyaliklar himoyachisini transferidan 40 million yevro ishlab olishi haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun futbolchi o‘tgan mavsum barcha musobaqalarni inobatga olganda 31 ta o‘yinda 1 ta gol urdi. Kot-d’Ivuar milliy jamoasi tarkibida yosh himoyachi 15 ta o‘yin o‘tkazgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Sporting CP Sporting CP
  • Nottingem F Nottingem F
Bugungi yangiliklar