«Betis» klubi markaziy himoyachisi Natan faoliyatini «Barselona»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda TNT Sports BR xabar berdi.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «Barselona» 25 yoshli braziliyalik futbolchini jamoani tark etgan Ronald Arauxoga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. «Ko‘k-anorranglilar» allaqachon bu masalada «Betis» bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
O‘tgan mavsum Natan barcha musobaqalarni inobatga olganda 45 o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma yetkazib berdi.
Braziliyalik futbolchining «Betis» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilgacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali himoyachining aktual transfer narxini 25 million yevroga baholamoqda.