Live
1
O'zbek

"Liverpul" Arauxo transferini e'lon qildi

Futbol
10 avgust, 14:09
Mersisaydliklar 27 yoshli himoyachini "Barselona"dan ijaraga olishdi.
"Liverpul" Arauxo transferini e'lon qildi
Foto: Liverpool FC

Ronald Arauxo "Liverpul" futbolchisiga aylandi.

Angliya klubi 27 yoshli himoyachini "Barselona"dan ijara asosida o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi. Avvalroq mersisaydliklar futbolchini 55 million yevroga sotib olish huquqiga ega bo'lishi haqida xabar berilgandi.

Jurnalist Ben Jeykobsning yozishicha, futbolchining ijarasi tekin bo'ladi, biroq "qizillar" uning maoshini to'liq to'lab berishadi. Shu bilan birga, Arauxo yangi mavsum uchun maoshini kamaytirishga rozi bo'lgan.

O'tgan mavsumda urugvaylik futbolchi La Ligada 24 ta bahsda maydonga tushib, 3 ta gol urg'an.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • AFC Liverpool AFC Liverpool
  • Barselona Barselona
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar