«Koventri» Kaleb Yirenki transferi amalga oshganini e'lon qildi.
20 yoshli yarimhimoyachi «Norshelland»dan Angliya klubiga o‘tib, uzoq muddatli shartnoma imzoladi.
Avvalroq transfer qiymati 27 million yevroni tashkil etishi xabar qilingandi. Yana 3 million yevro bonuslar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Bu Daniya futboli tarixidagi eng qimmat sotuvga aylandi.
«Koventri» bosh murabbiyi Frenk Lempard hisoblanadi. O‘tgan mavsumda angliyalik murabbiy qo‘l ostidagi jamoa Chempionshipda birinchi o‘rinni egallab, APLga yo‘l olgandi.
Yirenki 2026 yildagi Jahon chempionatida Gana milliy jamoasi safida ishtirok etib, Panama (1:0) darvozasini ishg‘ol qildi.
«Koventri» Gana milliy jamoasi yarimhimoyachisini sotib oldi
Futbol
8 avgust, 16:55
APLda o‘ynaydigan Lempard jamoasi Daniya klubidan katta transferni amalga oshirdi.
Foto: Coventry