«River Pleyt» «Atletiko» bilan yarimhimoyachi Tiago Almada transferi bo'yicha kelishuvga erishganini ma'lum qildi.
Argentina milliy jamoasining 25 yoshli futbolchisining transferi qiymati taxminan 20 million yevroni tashkil etdi.
«River Pleyt» Tiago Almada transferi bo'yicha «Atletiko» bilan kelishuvga erishdi. Futbolchi jamoaga qo'shilish uchun yaqin soatlarda Argentinaga yo'l oladi», — deb xabar berdi klub.
Almada o'tgan mavsumda La Ligada 27 ta bahsda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u 2 ta sariq va 1 ta qizil kartochka oldi. 2026 yilgi Jahon chempionatida esa Tiago 5 ta o'yinda ishtirok etib, 1 ta sariq kartochka oldi. U 2022 yili milliy jamoa bilan jahon chempioni bo'lgan.
«Atletiko» jahon chempioni Almadani «River Pleyt»ga sotdi
Futbol
8 avgust, 15:55
25 yoshli yarimhimoyachi vataniga qaytdi.
Foto: Getty Images