«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinio jamoa vingeri Vinisius Juniorni loyihaning asosiy figuralaridan biri deb hisoblaydi.
AS ma'lumotlariga ko'ra, portugaliyalik 63 yoshli murabbiy klubning braziliyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirishida muhim rol o'ynagan. Murabbiy va 26 yoshli vinger 2026 yildagi Jahon chempionati vaqtida muloqot qilishgan. Ular o'rtasidagi o'zaro tushunish dastlabki kunlardan a'lo darajada bo'lgan.
Vinisius uchun o'zining muhimligi, qadri va yangi loyihada asosiy rol o'ynashiga bo'lgan ishonch juda zarur hamda hal qiluvchi ahamiyatga ega edi. Murabbiy unga aynan shu hisni berdi va endi unga asosiy tayanch o'yinchilaridan biri sifatida ishonadi.
Mourinio o'zining «Real»ida Vinisius bo'lishini xohlagan. U — murabbiy o'yinni atrofida qurishni rejalashtirayotgan futbolchilardan biri. Joze uchun braziliyalikning yakka o'zi o'yin taqdirini o'zgartira olishi va doimiy tarzda hujumkor ruhda harakat qilishi muhim.
Joze oldidagi vazifa — Vinisiusning 2024 yildagi eng yaxshi versiyasini qaytarish. O'sha yili u «Oltin to'p»ni qo'lga kiritishga yaqin kelgandi. Shuningdek, murabbiy jamoani yagona mexanizm kabi ishlaydigan holatga keltirmoqchi. Bunda vinger Vinisius va hujumchi Kilian Mbappe maydonda turli yo'nalishlarda harakat qiladigan ikki alohida yulduz emas, balki bir-biriga uyg'un tarzda harakatlanadigan futbolchilar bo'lishi kerak.
Mourinio Vinisiusni loyihaning asosiy figuralaridan biri deb hisoblaydi
Futbol
8 avgust, 16:15
Murabbiy va futbolchi Jahon chempionati vaqtidayoq gaplashib olishgan.
Foto: Getty Images