«Arsenal» «Yuventus» vingeri Kenan Yildizga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Goal nashri La Stampa'ga tayanib xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Vinisius varianti amalga oshmay qolganidan so'ng turkiyalik yulduz London klubining asosiy nishonlari qatoriga kirgan. Braziliyalik futbolchi «Real» bilan shartnomasini uzaytirdi va endi «to'pchilar» hujum chizig'iga boshqa yuqori darajali futbolchi qidirmoqda.
Asosiy nomzodlardan biri — so'nggi mavsumlarda sezilarli o'sishga erishib, «Yuventus»ning muhim futbolchilaridan biriga aylangan 21 yoshli Yildiz.
Biroq Turin klubi futbolchini oddiy shartlarda sotish niyatida emas. «Yuventus» muzokaralarni jiddiy boshlashi uchun «Arsenal» 100 million yevrodan ancha yuqori narx taklif qilishi kerak.
Yildiz o'tgan mavsumda A Seriyada 36 o'yin o'tkazib, 10 gol va 6 assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
«Arsenal» Vinisius transferi amalga oshmagach, e'tiborini Yildizga qaratdi
Futbol
8 avgust, 18:08
«Yuventus» turkiyalik vinger uchun yuqori narx belgilagan.
Foto: Getty Images