Proliga turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan "Orol" klubi yana bir xorijlik futbolchi bilan shartnoma imzoladi.
Nukus klubi rossiyalik yarimhimoyachi Ruslan Askerov bilan bitim imzoladi. 25 yoshli futbolchi bunga qadar Gruziyaning "Merani Martvili" jamoasi sharafini himoya qilib kelayotgan edi.
Askerov faoliyati davomida "Baltika" (Rossiya), "Slonim" (Belarus), "Osinovichi" (Belarus) va "Lida" (Belarus) jamoalari sharafini himoya qilgan.
Bu mavsumda esa Gruziyaning ikkinchi darajali ligasida 13 ta bellashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 2 ta assistni qayd etgan.