OKMK bir qator futbolchilarini mavsum yakuniga qadar boshqa jamoalarga ijaraga berganini e'lon qildi. Unga ko'ra, jamoaning 4 nafar a'zosi boshqa klublarga yo'l oldi.
Umidjon Ergashev — «Xorazm», Elbek Yo'lchiev — «Qo'qon-1912», Akbar O'ktamov — «Qo'qon-1912» va Rian Islamov — FarDU.
Futbolchilarning ijara muddati 2026 yil 31 dekabrga qadar belgilangan.
«Mazkur ijara kelishuvlari futbolchilarning ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishi, tajriba orttirishi va professional mahoratini yanada oshirishiga xizmat qiladi. OKMK FK futbolchilarimiz yangi jamoalarida munosib ishtirok etib, o'z oldilariga qo'yilgan maqsadlar yo'lida muvaffaqiyatli faoliyat olib borishlariga umid bildiradi», - deyiladi klub xabarida.