Umid Ergashev mavsumning ikkinchi qismini «Xorazm» klubida o'tkazadi.
Voha jamoasi OKMKga tegishli 27 yoshli darvozabonni ijaga oldi.
Ergashev qishda Olmaliq klubi safiga qo'shilgandi, ammo Mirjalol Qosimov jamoasi safida birorta o'yinda maydonga tushmadi.
Darvozabon o'tgan mavsumda «Navbahor» safida harakat qilib, Superligada 12 o'yinda maydonga tushgan va ularning 4 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qolgandi.
Ergashev «Nasaf» tarbiyalanuvchisi sanaladi va faoliyatining katta qismini aynan Qarshi klubida o'tkazgan.
«Xorazm» Umid Ergashevni ijaraga oldi
Futbol
6 avgust, 08:19
27 yoshli posbon mavsumning ikkinchi qismini Voha klubida o'tkazadi.
Foto: FC OKMK