"Barselona" klubi "Atletiko" hujumchisi Xulian Alvares o'rniga "Bornmut" forvardi Eli Junior Krupini sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda BILD nashri xabar beradi.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, kataloniyaliklar bosh murabbiyi Hansi Flik fransiyalik 20 yoshli futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
Shu bilan birga, "olchalar" futbolchining og'ir jarohatiga qaramay, o'z o'yinchisi uchun 80 million yevrodan ortiq mablag' talab qilayotganini ta'kidlanmoqda.
Qayd etilishicha, "Barselona"ning short-listidan shuningdek Garri Keyn ("Bavariya"), Seru Girassi ("Borussiya D") va Aleksandr Syorlot ("Atletiko") kabi hujumchilar ham o'rin olgan.
O'tgan mavsumda Krupi barcha turnirlarda 35 ta o'yinda maydonga tushib, 13 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi