Live
1
O'zbek

«Navbahor»dan transfer taqiqi yechildi

Futbol
10 avgust, 11:07
Klub futbolchilar oldidagi qarzdorlikni bartaraf etgan.
«Navbahor»dan transfer taqiqi yechildi
Фото: UzPFL

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Futbolchilar maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitasining 2026 yil 12 may kunida chiqarilgan 05-01-sonli qarori bilan «Navbahor» futbol klubiga uning sobiq futbolchilari Azimjon Ahmedov, Farrux Qurbonov, Bahrom Kozimov va Nurmuhammad Toshpulatovlar oldida vujudga kelgan qarzdorliklarni 10 iyun kuniga qadar bartaraf etish majburiyati belgilangan edi.

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining tegishli qo'mitasi qarori ijrosini ta'minlamaganligi uchun 2026 yilning 24 iyul sanasida «Navbahor»ga nisbatan ketma-ket ikkita ro'yxatdan o'tkazishning to'liq davrlarida milliy hamda xalqaro miqyosda yangi futbolchilarni O'zbekiston Professional futbol ligasidan ro'yxatdan o'tkazishga taqiq qo'yilgandi.

2026 yil 10 avgust kuni O'zbekiston futbolchilar uyushmasi tomonidan Futbolchilar maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitaga yuborilgan 45/316-sonli xatda keltirilishicha, «Navbahor» futbolchilar Azimjon Ahmedov, Farrux Qurbonov, Bahrom Kozimov hamda Nurmuhammad Toshpulatov oldidagi mavjud qarzdorliklarni to'liq bartaraf etganligini ma'lum qilgan hamda klubga nisbatan moliyaviy e'tirozi yo'qligini bildirgan.

Shu munosabat bilan, «Navbahor»ga nisbatan ketma-ket ikkita ro'yxatdan o'tkazishning to'liq davrlarida milliy hamda xalqaro miqyosda yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishga qo'yilgan taqiq olib tashlandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Navbahor Namangan Navbahor Namangan
Bugungi yangiliklar