Live
3
O'zbek

Vardi "Vest Hem"ga o'tishi mumkin

Futbol
10 avgust, 09:42
Jeymi hozirda erkin agent maqomida.
Vardi "Vest Hem"ga o'tishi mumkin
Фото: Getty Images

"Kremoneze"ning sobiq hujumchisi Jeymi Vardi faoliyatini "Vest Hem"da davom ettirishi mumkin.

Sky Sports ma'lumotiga ko'ra, London klubi angliyalik 39 yoshli futbolchini hujum chizig'ini kuchaytirish variantlaridan biri sifatida ko'rib chiqmoqda.

APLga qaytishni rejalashtirgan "bolg'achilar" Vardi orqali hujumdagi muammolarini bartaraf etishni reja qilgan. Hozircha tomonlar o'rtasida rasmiy kelishuvga erishilgani yoki shartnoma taklif qilingani haqida ma'lumot yo'q.

Ma'lumot uchun, Vardi faoliyatining eng katta qismini "Lester" safida o'tkazgan. Shunindek, faoliyati davomida "Xalifaks Taun", "Flitvud Taun", "Kremoneze" kabi klublarda ham to'p tepgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Vest Hem Vest Hem
Bugungi yangiliklar