APLdan tushib ketgan "Vest Hem" yana bir futbolchisi bilan xayrlashdi.
London klubi 22 yoshli yarimhimoyachisi Freddi Pottsni "Bryugge"ga transfer qildi. Kelishuv qiymati 10 million yevroni tashkil etdi.
Angliya futbolchi yangi jamoasi bilan 2030 yil yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Ma'lumot uchun, "Bryugge" Belgiya amaldagi chempioni sanaladi.
Potts o'tgan mavsumda Angliya Premyer-ligasida 22 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
"Vest Hem" yarimhimoyachisi "Bryugge"ga o'tdi
Futbol
6 avgust, 08:40
APLdan tushib ketgan klub Potts bilan xayrlashdi.
Foto: Brugge