Yozgi transfer oynasi yopilishi arafasida 'Andijon' jamoasi tarkibni iqtidorli hujumchi Rustam Turdimurodov bilan kuchaytirdi.
22 yoshli futbolchi 2024 yilda ham 'burgutlar' safiga kelib qo'shilgan va 2025 yilning o'rtalariga qadar o'ynagan. Bu vaqt davomida 43 ta bellashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.
Turdimurodov ushbu mavsumning birinchi yarmini 'Paxtakor'da o'tkazdi. Poytaxtliklar safida 13 ta uchrashuvda 5 ta gol urdi.
'Ishonamizki, Rustam mavsumning ikkinchi qismida o'zining ajoyib o'yinlari va gollari bilan jamoamizga foyda keltiradi', - deyiladi 'burgutlar'ning rasmiy xabarida.