Live
2
O'zbek

UEFA, OFK va KONKAKAF FIFA faoliyatini tekshirmoqchi

Futbol
10 avgust, 08:27
Uch konfederatsiya futbol jamoatchiligiga ochiq maktub yo'lladi.
UEFA, OFK va KONKAKAF FIFA faoliyatini tekshirmoqchi
Фото: Getty Images

UEFA, OFK va KONKAKAF FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati huquqlarining bir qismini sotish taklifidan so'ng tashkilot faoliyatini mustaqil tekshirishga chaqirdi. Bu haqda The Independent nashri xabar berdi.

Uch konfederatsiya futbol jamoatchiligiga ochiq maktub yo'llab, FIFA'dagi so'nggi voqealar yuzasidan xavotir bildirgan.

«Hurmatli futbol oilasi! Futbol dunyodagi eng buyuk umumiy ehtirosdir. U biror shaxs yoki tashkilotga tegishli emas. U futbolchilar, muxlislar, klublar, a'zo assotsiatsiyalar va kelajagi ishonib topshirilgan har bir muassasaga tegishli. Gap pulda emas. Konfederatsiyalar allaqachon FIFA'ning ulkan zaxiralaridan mas'uliyatli foydalanishga va a'zo assotsiatsiyalarni rivojlantirishga investitsiyalarni yanada kuchaytirishga chaqirgan.

Gap musobaqalarni kengaytirish, jahon chempionati mablag'larini taqsimlash yoki boshqa jamoaviy qarorlarni qayta ko'rib chiqish haqida emas. Bu qarorlar birgalikda qabul qilingan va ular o'z kuchida qolishi kerak. Gap yanada fundamental narsa – futbolning yaxlitligi va uni boshqarish uchun saylanganlarning halolligi haqida. Mas'uliyat bo'lishi kerak bo'lgan joyda sukunat hukmronlik qilmoqda, ochiqlik bo'lishi kerak bo'lgan joyda esa masofa bor. Bu futbol o'z rahbariyatidan kutadigan fazilatlar emas», - deyiladi maktubda.

Maktubni UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin, KONKAKAF prezidenti Viktor Montalani, OFK prezidenti Salmon bin Ibrohim Al Halifa, shuningdek, UEFA bosh kotibi Teodor Teodoridis, KONKAKAF bosh kotibi Filipp Mojo va OFK bosh kotibi Datuk Seri Vindzor Jon imzolagan.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar