Live
1
O'zbek

Rasman! Quvondiq Ro'ziev – "Buxoro" futbolchisi

Futbol
10 avgust, 12:13
32 yoshli futbolchi mavsumning birinchi qismini "Navbahor"da o'tkazgandi.
Rasman! Quvondiq Ro'ziev – "Buxoro" futbolchisi
Фото: UzPFL

"Buxoro" klubi transfer oynasining so'nggi kunida tajribali futbolchi Quvondiq Ro'zievni o'z safiga qo'shib oldi.

32 yoshli futbolchi mavsumning birinchi qismini "Navbahor"da o'tkazgandi.

Ro'ziev faoliyati davomida "Lokomotiv", "Turan", "Qo'qon-1912", "Sri Pahang" (Malayziya) va "Neftchi" kabi klublar safida to'p tepgan. Ro'ziev futbolchilik faoliyatida 300 dan ortiq rasmiy bellashuvlarda maydonga tushgan.

"Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi Quvondiq Ro'zievning ulkan tajribasi va mahoratiga, yangi marralarni zabt etishda, hal qiluvchi pallalarda ishonchli o'yin ko'rsatib, jamoaning g'alabalari va yutuqlarini mustahkamlashda muhim rol o'ynashiga ishonch bildiradi", - deyiladi klub xabarida.

Bugungi yangiliklar