Live
1
O'zbek

Rasman: Abdulla Abdullaev – "Neftchi" futbolchisi

Futbol
10 avgust, 11:28
Avvalroq u "Navbahor" bilan shartnomani bekor qilgandi.
Rasman: Abdulla Abdullaev – "Neftchi" futbolchisi
Фото: Нефтчи ПФК

"Neftchi" klubi transfer oynasining so'nggi kunida navbatdagi kelishuvni e'lon qildi.

Farg'onaliklar O'zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Abdulla Abdullaev bilan shartnoma imzoladi.

Avvalroq u "Navbahor" bilan shartnoma imzolagandi. Biroq bugun u "lochynlar" bilan shartnomani bekor qilgandi.

"Abdulla Abdullaev faoliyati davomida o'zining yuqori mahorati, maydonni yaxshi ko'ra olishi, to'p bilan ishlashdagi ishonchliligi va jangovar xarakteri bilan ajralib kelgan. Uning tajribasi va yarim himoyadagi ko'p qirrali o'yini jamoamizning ikkinchi davradagi muhim vazifalarini amalga oshirishda katta ahamiyat kasb etadi.

Yangi futbolchimizdan "Neftchi"ning sariq-qora libosida munosib o'yinlar, muhim g'alabalar va jamoaviy maqsadlarimiz sari qo'shiladigan katta hissa kutib qolamiz", — deyiladi "Neftchi" xabarida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Neftchi Fargona Neftchi Fargona
Bugungi yangiliklar