"Xorazm" klubi transfer oynasining so'nggi kunida biryo'la uchta transferni e'lon qildi.
Xususan, jamoa braziliyalik hujumchi Rafael Tavaresh, rossiyalik himoyachi Maksim Shiryaev va mahalliy yarimhimoyachi Sardor Azimov bilan shartnoma imzoladi.
Tavaresh 26 yoshda bo'lib, Ruminiyaning "Gloria" klubidan "Xorazm" safiga kelib qo'shildi. Shiryaev esa bunga qadar "Neftekhimik"da o'ynayotgan edi. Azimov esa bir necha yillardan beri "Andijon" sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Bir necha kun oldin "burgutlar" bilan xayrlashgandi.