«Chelsi»ning sobiq futbolchisi Jon Obi Mikel «Arsenal» muxlislari nima uchun «Real» vingeri Vinisius Juniorning transferini kutib, xato qilganini tushuntirib berdi.
«Arsenal» muxlislari nimani kutishganini bilmayman. 22-yil ichida birinchi marta chempionlikni qo‘lga kiritdingiz va to‘satdan o‘ylab qoldingiz: bo‘ldi, biz qaytib keldik, biz yana katta yigitlardan biriga aylandik. Yo‘q, unday emassiz.
Ularni hozirgina kamsitishdi, chunki men: Vinisius Juniorning «Real»dan 22-yil ichida bitta chempionlikni qo‘lga kiritgan «Arsenal»ga ketishi uchun hech qanday imkoniyat yo‘q, deb aytgan edim. Bu yigit sovrinlarni qo‘lga kiritmoqda, u «Real»da ko‘plab titullar yutgan. U ularning deyarli har mavsum – Chempionlar Ligasi, La Ligada g‘alaba qozonishni, butun yil mobaynida kurashishni va bu unvonlarni qo‘lga kiritishni istaydi. U allaqachon Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish qanday bo‘lishini his qilib ulgurgan, «Arsenal» esa buni hech qachon qo‘lga kiritmagan ham. Birorta g‘alaba yo‘q.
«Real» bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan futbolchi bularning barchasini, «Madrid»da yaratgan hamma narsasini tashlab, hozir Joze Mourinio yig‘ayotgan tarkibni tark etishini kutyapsizmi? Nazarimda, «Real» jamoa sifatida mavsum oxirida YECHL finalida maydonga tusha oladigan jamoadek ko‘rinmoqda», - dedi «Chelsi»ning sobiq futbolchisi The Obi One Podcast efirida.
Ma’lumot uchun, avvalroq Viniusius «Real» bilan 2032-yilgacha mo‘ljallangan bitim imzolagani xabar qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi