«Paxtakor-79» fojiasiga 47 yil to‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
«1979 yilning 11 avgust sanasi o‘zbek futbol jamoatchiligi uchun qora harflar bilan yozib qo‘yilgan.
1979 yilning 11 avgusti. Toshkent vaqti bo‘yicha soat 13dan 35 daqiqa 38 soniya o‘tgan. Shu lahzada Toshkent-Gurev-Donetsk-Minsk reysida parvoz qilayotgan TU-134 samolyoti Chelyabinsk-Kishinyov reysini bajarayotgan shu rusumdagi boshqa samolyot bilan to‘qnashib ketdi.
Fojiya yerdan 8400 metr balandlikda yuz berdi va ikki samolyot bortida bo‘lgan 178 kishi halok bo‘ldi. Ular orasida o‘sha vaqtda o‘zbek futbolining faxri hisoblangan «Paxtakor»ning 17 nafardan iborat tarkibi ham bo‘lgan.
Halokat to‘g‘risida birinchi bo‘lib o‘sha payt havoda bo‘lgan AN-2 samolyoti ekipaji xabar beradi: «Kurilovka hududida qulayotgan samolyot qismlari ko‘zga tashlanmoqda. Menimcha, bu TU-134 parchalaridir».
Ikki laynerning 8400 metr balandlikdagi to‘qnashuvi natijasida 178 nafar inson halok bo‘ldi. Ushbu halokatdan juda ko‘pchilik o‘zini yo‘qotib qo‘ygan.
Chunki o‘sha mavsumda «Paxtakor» ishonchli o‘yin ko‘rsatib, yuqori o‘rinlardan joy egallashga haqli ekanligini isbotlab kelayotgan edi. Hattoki ba'zi mutaxassislar jamoaning yaqin yillar ichida evrokuboklarda o‘ynashi mumkinligi to‘g‘risida taxmin qila yotgan edi.
Samoda halok bo‘lgan futbolchi va jamoa a'zolarining ro‘yxati ushbu insonlardan iborat edi:
Idgay Borisovich Tazetdinov (13.01.1933 Murabbiy);
Vladimir Vasilevich Chumakov (08.12.1932 Shifokor);
Mansur Inomjonovich Tolibjonov (04.04.1944 Ma'mur);
Mikhail Ivanovich An (19.11.1952 Yarim himoyachi);
Vladimir Ivanovich Fyodorov (05.01.1956 Hujumchi);
Olim Masolievich Ashirov (25.01.1955 Himoyachi);
Ravil Rustamovich Agishev (14.03.1959 Himoyachi);
Konstantin Alexandrovich Bakanov (25.05.1954 Yarim himoyachi);
Yuriy Timofeevich Zagumennikh (07.06.1947 Himoyachi);
Aleksandr Ivanovich Korchonov (04.05.1949 Yarim himoyachi);
Nikolay Borisovich Kulikov (25.04.1953 Himoyachi);
Vladimir Vasilevich Makarov (09.03.1947 Yarim himoyachi);
Sergey Konstantinovich Pokatilov (20.12.1950 Darvozabon);
Viktor Nikolaevich Churkin (25.01.1952 Hujumchi);
Sirojiddin Ahmadovich Bozorov (10.08.1961 Hujumchi);
Shuhrat Mosinovich Eshbo‘taev (08.02.1959 Hujumchi);
Vladimir Valievich Sobirov (14.01.1958 Hujumchi).
«Paxtakor-79» xotirasi hamisha qalbimizda! Biz o‘sha «Paxtakor»ni hech qachon unutmaymiz. Samoda halok bo‘lgan 17 nafar qahramonlar doimo biz bilan birga!», — deyiladi xabarda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi