Turkiya futbolida fojeali voqea yuz berdi. Sobiq futbolchi Ho‘qon Ergin 34 yoshida Zonguldak yaqinidagi dengizda cho‘kib, vafot etdi.
Hodisa tush payti Uzunkum sohilida sodir bo‘lgan. To‘lqinlar keskin kuchaygani sabab mahalliy hokimiyat dengizda cho‘milishni taqiqlagandi. Ogohlantirishga qaramay, Ergin dengizga tushgan va ko‘p o‘tmay ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan.
Hodisa haqida xabar olingandan so‘ng qutqaruvchilar voqea joyiga yetib kelgan. Ular 34 yoshli Ho‘qonni dengizdan chiqarib, sohilga olib chiqqan.
Ergin tez yordam mashinasida Otaturk nomidagi shifoxonaga yetkazilgan. Biroq shifokorlarning barcha urinishlariga qaramay, uning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.
Ma'lumot o‘rnida, Ho‘qon Ergin futbolchilik faoliyatini yakunlagach, hakam sifatida ishlay boshlagandi. Avvalroq turkiyalik jurnalist Musialaning «Galatasaroy»ga o‘tishi haqidagi xabardan so‘ng qo‘lga olingani ma'lum qilingan edi.