Bugun
21
O'zbek

Elit OChL. "Paxtakor"ning bugungi raqibi "Al Husayn" hali Oʻzbekiston klublariga yengilmagan

Futbol
11 avgust, 03:35
Uchrashuv soat 20:00 da boshlanadi.
Elit OChL. "Paxtakor"ning bugungi raqibi "Al Husayn" hali Oʻzbekiston klublariga yengilmagan
Foto: Al Hussein SC

Bugun, 11 avgust kuni Toshkentning "Paxtakor" klubi Elit Osiyo Chempionlar Ligasi saralash bosqichi doirasida Iordaniyaning "Al Husayn" jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Ushbu bellashuv oldidan OʻzPFL matbuot xizmati ikki jamoa haqida qiziqarli maʼlumotni taqdim etdi. Unga koʻra, "Al Husayn" hali Oʻzbekiston klublariga yengilmagan — 2 oʻyin, 2 gʻalaba.

Jamoa 2024 yilda "Nasaf" bilan OChL-2 turniri doirasida kuch sinashgan. Unda iordaniyaliklar ikki bahsda ham bir xil 2:1 hisobida zafar quchgan.

"Paxtakor" esa Iordaniya klublariga qarshi 1 gʻalaba va 1 magʻlubiyat qayd etgan. 2002 yilda OChL doirasidagi bellashuvda toshkentliklar "Al Veyhdat"ni oʻz maydonida 3:0 hisobida magʻlub etgan boʻlsa, safarda 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan.

Maʼlumot oʻrnida, "Paxtakor" — "Al Husayn" qarama-qarshiligiga bugun, 11 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start beriladi. Avvalroq uchrashuvni janubiy koreyalik hakamlar boshqarishi maʼlum qilingandi.

Elit OChL. "Paxtakor"ning bugungi raqibi "Al Husayn" hali Oʻzbekiston klublariga yengilmagan
Foto: OʻzPFL

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar