Ispaniya milliy jamoasi hujumchisi Ferran Torres faoliyatidagi eng muhim golini esladi.
Aynan "Barselona" futbolchisi 2026 yilgi jahon chempionati finalida Argentinaga qarshi uchrashuvda yagona golni urgandi. Hujumchi 106-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol qilib, "qizil furiya"ga mundial g'olibligini taqdim etgandi.
"100 marta urinshdan 99 tasida to'pni tribunaga chiqarib yuborgan bo'lardim, ammo bu epizod gol bilan yakunlanishi kerak edi.
Men o'zimga: "Bu — mening vaqtim!" dedim. 49 million ispan insonni baxtli qilish — ulkan faxr", — deya Torresning so'zlarini keltiradi The Touchline nashri.
Ma'lumot o'rnida, Ispaniya milliy jamoasi tarixda ikkinchi marta jahon chempioni bo'ldi. Birinchi chempionlik 2010 yilda qo'lga kiritilgan.