"Fenerbahche" "Napoli" bilan Belgiya milliy jamoasi hujumchisi Romelu Lukaku transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.
Neapolliklar Turkiya klubining 6 million yevrolik ikkinchi taklifidan keyin futbolchini sotishga rozi bo'ldi. Dastlab "Napoli" futbolchini sotishdan bosh tortgandi.
Ma'lumot o'rnida, Lukaku 2025/2026 yilgi mavsum davomida jarohati sabab atigi bir nechta o'yinda maydonga tushdi. Shuningdek, u Antonio Konte bilan janjallashib, davolanish uchun klub ruxsatisiz vataniga ketgandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi