Live
1
O'zbek

Lukaku tartib-qoidani buzgani uchun «Napoli» tarkibidan chetlatilishi mumkin

Futbol
28 mart, 08:40
Hujumchi «Napoli» asosiy tarkibi mashg‘ulotlaridan chetlatilishi mumkin.
Lukaku tartib-qoidani buzgani uchun «Napoli» tarkibidan chetlatilishi mumkin
Foto: Getty Images

Hujumchi Romelu Lukaku «Napoli» asosiy tarkibi mashg‘ulotlaridan chetlatilishi mumkin.

Mojaroga futbolchining klub bilan kelishmagan holda Belgiya milliy jamoasi qarorgohini tark etib, o‘z vatanida individual mashg‘ulotlar o‘tkazishga qaror qilgani sabab bo‘lgan.

Neapolliklar rahbariyati forvardning shaxsiy murabbiy bilan shug‘ullanish uchun AQSH va Meksikaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazib yuborishidan norozi.

Klub futbolchi qaytishi uchun muddatni 31-mart etib belgiladi. Agar talab bajarilmasa, Lukakuga nisbatan intizomiy choralar qo‘llaniladi, jumladan, qaydnomadan chetlatilish va pul jarimasi belgilanishi mumkin.

Bugungi yangiliklar