"Napoli" hujumchisi Romelu Lukaku "Fenerbahche"ga o'tish arafasida. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
Futbolchining 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnomasi bo'yicha kelishuvga erishilgan. Shuningdek, unda tomonlar shartnomani 2029 yilgacha uzaytirish huquqi ham ko'zda tutilgan.
Ayni paytda Turkiya klubi transfer narxini kelishib olish uchun "Napoli" bilan faol muzokaralar olib bormoqda.
Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsum futbolchi barcha turnirlarda klub safida atigi 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 marta gol urdi. Avvalroq Lukaku faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkinligi ma'lum qilingandi.