«Manchester Siti»ning ispaniyalik yarimhimoyachisi Rodri Ernandes «Barselona»ning transfer nishoni bo‘lib qolmoqda.
Diario SPORT nashrining xabar berishicha, «ko‘k-anorranglilar» Rodri bo‘yicha «shaharliklar»ga ikkinchi taklifni yo‘llagan. Klub bu safar 65 million va qo‘shimcha 5 million yevro bonus taklif qilgan.
Muzokaralar jadal davom etayotgani aytilmoqda. Har ikki klub ham kelishuvni ortga surish niyatida emas. «Barselona» yaqin kunlarda yakuniy kelishuvga erishilishiga umid qilmoqda.
Ma’lumot uchun, 30 yoshli Rodri o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarni inobatga olganda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 2 marta ishg‘ol qilgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi