Live
6
O'zbek

Diomande: «Real»dek klub senga qo'ng'iroq qilsa, «yo'q» deyish qiyin»

Futbol
11 avgust, 11:37
Ivuarlik futbolchi Madrid klubiga o'tishi haqida fikr bildirdi.
Diomande: «Real»dek klub senga qo'ng'iroq qilsa, «yo'q» deyish qiyin»
Фото: Getty Images

«Real» vingeri Yan Diomande jamoaga o'tishi haqida fikr bildirdi.

«Mourinyoga rahmat aytmoqchiman. Avvalroq u bilan suhbatlashgan edik. Joze va klubning ishonchi sabab «Real» libosini kiyganman. Menga ishonch bildirganlarga minnatdorchilik bildiraman. Kiynish xonasida top-futbolchilarning bo'lishi har doim yaxshi. Ilgari ularni televizor orqali ko'rardim, endi esa bir kiynish xonasida ular bilan birga o'tiraman.

Bu yerda hamma narsa ajoyib. Ha, bu yerda hamma narsa boshqacha. Bu yerda raqobat va talablar yuqori. Bu tabiiy, chunki «Real» — katta klub. Shuning uchun dunyoning eng yaxshi jamoasi bo'lish uchun boshqa joylarga qaraganda ko'proq mehnat qilishimiz kerak. Jamoaning bir qismi bo'lishni va uning katta muvaffaqiyatlarga erishishiga yordam berishni xohlayman.

«Real» senga qo'ng'iroq qilsa, «yo'q» deya olmayasan. Hammasi oddiy. Bu klub bilan katta muvaffaqiyatlarga erishishni va jamoamga barcha sovrinlarni qo'lga kiritishda yordam berishni istayman. Jamoa bilan ko'plab g'alabalarga erishishimizga umid qilaman», — deya Diomandening so'zlaridan keltiradi klub rasmiy sayti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar