Bekobodning "Metallurg" klubi murabbiylar shtabida o'zgarish amalga oshirildi.
Avvalroq bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov iste'foga chiqqandi. Klub rahbariyati jamoa bosh murabbiyi lavozimiga bungacha murabbiylar shtabida ishlab kelayotgan tajribali mutaxassis Ilyos Qurbanovni tayinlashga qaror qildi.
Qurbanov yillar davomida "Metallurg" klubida o'ynagan. 2023 yilda katta murabbiy sifatida ishlagan. 2024 yilda Superligada jamoani jon saqlab qolishida ko'maklashgan. Keyinchalik u Tojikistonning "Istaravshan" klubida ham bosh murabbiy sifatida ishlashga ulgurgan.