Yevropa Chempionlar ligasi uchinchi saralash bosqichi doirasida "Qayrat" klubi Bolgariyaning "Levski"siga qarshi o'ynadi. Natijada mehmonlar 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Jamoalarning ilk bellashuvida ham bolgariyaliklar shu hisobda muvaffaqiyat qozongan.
Shunday qilib, "Levski" ikki o'yin natijasiga ko'ra, Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga yo'llanma oldi. "Qayrat" esa Yevropa ligasida ishtirok etadi. Ular guruh bosqichiga chiqish yo'lida PAOK – "Anderlext" g'olibiga qarshi bellashadi.
Ma'lumot uchun, "Qayrat" CHLda umumiy guruh bosqichida qatnashgandi. 8 ta o'yindan so'ng umumiy turnir jadvalida 36-o'rinni egallagandi.
YCHL saralashi
Qayrat – Levski 0:1
Gol: Reynaldo 13
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi