«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike «Barselona» hujumchisi Ferran Torresning parijliklar safiga o'tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berishni istamadi.
«Men bu yerda transfer bozorini muhokama qilish uchun emas, hozir «PSJ»da o'ynayotgan futbolchilar haqida gapirishni istayman», — deya Enrikening so'zlaridan keltiradi insayder Fabrizio Romano.
Avvalroq «PSJ» klubi Ferran Torresni «Barselona»dan 50 million yevro evaziga soib olishga yaqin ekanligi xabar qilingan edi.
Torres o'tgan mavsumda barcha turnirlar doirasida 49 ta bahsda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo'ljallangan.