«PSJ» klubi himoyachi Lukas Dinning transferini e'lon qildi.
Fransiya klubi 33 yoshli futbolchini «Aston Villa»dan 10 million yevro evaziga sotib oldi. Tomonlar o'rtasidagi shartnoma 2029 yil iyun oyiga qadar amal qiladi. Endilikda u yangi jamoasi safida 12-raqam ostida to'p tepadi.
Ma'lumot uchun, Lyuka 2013-2016 yillarda ham Parij klubida o'ynagan.
O'tgan mavsum u «Aston Villa» safida barcha turnirlarni inobatga olganda 44 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta golli uzatma yetkazib berdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi