Bugun
7
O'zbek

Flik «Barselona»da faqat bitta yulduz hujumchini xohlamoqda

Futbol
12 avgust, 04:00
Kataloniya klubi hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Flik «Barselona»da faqat bitta yulduz hujumchini xohlamoqda
Foto: Getty Images

«Barselona» tarkibni kuchaytirish ustida ishlashda davom etmoqda. Kataloniya klubining ustuvor transfer maqsadi Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares bo‘lib qolmoqda.

Jurnalist Jerar Romero ma’lumotiga ko‘ra, bosh murabbiy Hans-Diter Flik jamoada Viktor Osimhen, Dushan Vlahovich yoki Lautaro Martinesni ko‘rishni istamayapti. Nemis mutaxassisi faqat Alvaresning transferini xohlamoqda.

Agar «Atletiko» hujumchisini transfer qilishning imkoni bo‘lmasa, Flik klub rahbariyatidan boshqa yulduz hujumchini xarid qilishni so‘ramaydi.

Eslatib o'tamiz, «Barselona» yaqin vaqt ichida Ferran Torres bilan xayrlashishi kutilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar