«Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer jamoaning yangi mavsumdagi Chempionlar ligasida g‘olib chiqish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
2025/26 yilgi mavsumda Vensan Kompani boshchiligidagi jamoa turnirning yarimfinaliga qadar yetib bordi va bo‘lajak g‘olib «PSJ»ga imkoniyatni boy berdi.
«Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishimizga ishonamanmi? Albatta. Biz har doim finalga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lganmiz, bunga juda yaqin kelganmiz. Istalgan raqibni mag‘lub etish uchun bizda yetarlicha mahorat, xarakter va taktik yetuklik borligiga ishonaman. Oldingi ikki urinishda biroz nimadir yetishmadi. Balki uchinchi urinish omadli bo‘lar. Biz buning ustida ishlayapmiz», — dedi Noyer Sky Sport nashriga bergan intervyusida.
2026/27 yilgi mavsum, katta ehtimol bilan, Noyer faoliyatidagi so‘nggisi bo‘ladi.
Eslatib o'tamiz, «Bavariya» 2020 yildan buyon Chempionlar ligasida g‘olib chiqmagan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi