Bugun
7
O'zbek

UEFA Superkubogi. Opta «PSJ» va «Aston Villa»ning imkoniyatlarini baholadi

Futbol
12 avgust, 05:15
Superkompyuter parijliklarning asosiy vaqtda g‘alaba qozonish imkoniyatini 45 foizga baholadi.
UEFA Superkubogi. Opta «PSJ» va «Aston Villa»ning imkoniyatlarini baholadi
Foto: Getty Images
12.08.2026, 15:00 UEFA Superkubogi Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain - : - Aston Villa Aston Villa

Bugun, 12 avgust kuni UEFA Superkubogi uchun «PSJ» va «Aston Villa» o‘rtasida bahs bo‘lib o‘tadi.

Opta Analyst ma’lumotlariga ko‘ra, «PSJ»ning asosiy vaqtda g‘alaba qozonish imkoniyati 45 foizni tashkil etadi. «Aston Villa»ning g‘alaba qozonish ehtimoli 29,6 foizga baholangan. Bahsning 90 daqiqadan so‘ng durang bilan yakunlanish ehtimoli esa 25,4 foiz.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilda UEFA Superkubogini «PSJ» qo‘lga kiritgan. Parijliklar finalda Angliyaning «Tottenhem» klubini asosiy vaqtda 2:2 hisobida durang o‘ynab, penaltilar seriyasida 4:3 hisobida mag‘lub etgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Aston Villa Aston Villa
  • UEFA Superkubogi UEFA Superkubogi
Bugungi yangiliklar