«Aston Villa» va Angliya milliy jamoasi markaziy himoyachisi Ezri Konsa «Arsenal»ning transfer maqsadlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Transfer News Live Standard Sport nashriga tayanib xabar berishicha, «kanonirlar» 28 yoshli futbolchini yozgi transfer oynasi yakuniga qadar sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Biroq «Arsenal» «Aston Villa» Konsa uchun belgilagan 60 million funtlik (taxminan 70 million yevro) narxni yuqori deb hisoblamoqda. Shu sababli tomonlar o‘rtasida muzokaralar murakkab kechishi mumkin.
«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri esa Konsaning UEFA Superkubogida «PSJ»ga qarshi bahs uchun tarkibga kiritilmagani uning transferi bilan bog‘liq emasligini ta’kidladi. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, futbolchiga Jahon chempionatidan keyin qo‘shimcha dam olish kerak.