Bugun
7
O'zbek

"MYU" va "Chelsi" Luis-Skelli transferidan voz kechdi

Futbol
12 avgust, 01:45
"Arsenal" 19 yoshli himoyachisi uchun 45 million funt talab qilmoqda.
"MYU" va "Chelsi" Luis-Skelli transferidan voz kechdi
Foto: Getty Images

"Manchester Yunayted" va "Chelsi" "Arsenal"ning chap qanot himoyachisi Mayls Luis-Skelli bo‘yicha transfer imkoniyatini rad etdi. Xabarlarga ko‘ra, futbolchi ikki klubga vositachilar orqali taklif qilingan.

"Chelsi" Luis-Skelli variantini boshqa transfer sababli ko‘rib chiqmagan. London klubi "Rayo Valekano" himoyachisi Pep Chavarriyani 19+2 million yevroga tarkibiga qo‘shishga yaqin.

"Arsenal" esa 19 yoshli futbolchini taxminan 45 million funtga baholamoqda. Bunga qaramay, "to‘pchilar"da uning kelajagi hozircha aniq emas. Luis-Skellining pozitsiyasida tajribaliroq Rikardo Kalafori va Piero Inkapiye ham o‘ynashi mumkin.

Shunga qaramay, Luis-Skelli "Arsenal"dagi asosiy tarkib uchun kurashni davom ettirish niyatida. O‘tgan mavsumda u APLda 20 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Chelsi Chelsi
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar