«Manchester Siti» «Chelsi» yarimhimoyachisi Enso Fernandesni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda.
Insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, «shaharliklar» allaqachon 25 yoshli argentinalik futbolchining vakillari bilan bog‘langan. «Manchester Siti» transfer bo‘yicha muzokaralar o‘tkazib, futbolchining narxini pasaytirishga erishishga umid qilmoqda.
Biroq «Chelsi» Fernandesni osonlikcha qo‘yib yubormoqchi emas. London klubi futbolchi uchun 120 million funt talab qilmoqda va ayni paytda argentinalik yarimhimoyachini jamoada saqlab qolish variantini ham ko‘rib chiqmoqda.
Ma’lumot uchun, Enso Fernandes o‘tgan mavsum APLda 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urgan. «Chelsi» futbolchini 2023 yilda «Benfika»dan katta transfer summasi evaziga o‘z safiga qo‘shib olgan edi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi